O‘zbekistonning 6 viloyatida yer silkinishi qayd etildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 10:42 da (Grinvich bo‘yicha 05:42 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning ta’siri O‘zbekistonning 6 ta hududida sezildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda. 

Zilzila koordinatalari: 36,71 gradus shimoliy kenglik; 70,73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik – 191 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 523 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Andijon: 474 km, 2 ball;
  • Farg‘ona: 419 km, 2 ball;
  • Guliston: 453 km, 2 ball;
  • Jizzax: 455 km, 2 ball;
  • Samarqand: 464 km, 2 ball;
  • Termiz: 312 km, 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkent vaqti bilan soat 09:28 da, Termizda zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

606

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing