O‘zbekistondagi 4 ta OTM Britaniyaning THE reytingiga kirdi
Jamiyat
−
17 fevral 2022 15932 1 daqiqa
Buyuk Britaniyaning “Times Highyer Education” (THE) agentligi “Young University Rankings – 2022” (Yosh universitetlar reytingi – 2022) reytingiga ilk bor O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi kiritildi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur OTMlar yangi turdagi maqom — “Reportyer” universitetlar qatorida e’tirof etildi. Bular:
• Toshkent davlat yuridik universiteti;
• Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
• Turin politexnika universiteti;
• Urganch davlat universiteti.
Ma’lumot o‘rnida, “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 va undan kichik yoshdagi eng yaxshi universitetlari ro‘yxatini tuzadi. Ro‘yxat “World University Rankings” flagmani bilan bir xil 13 ta mezon ko‘rsatkichlariga asoslanadi.
2022 yilgi reyting 539 ta universitetni o‘z ichiga olib, shundan 251 ta oliygoh “Reportyer” maqomiga ega bo‘ldi.
Live
Barchasi