O‘zbekistonning 4 san’atkori “Tojikiston xalq hofizi” bo‘ldi (video)
Madaniyat-san’at
−
18 aprel
46169Bugun, 18 aprel kuni Dushanbeda joylashgan "Qasri Millat" saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida bir guruh san’atkorlarga mukofot topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Tojikiston Prezidentining farmoni bilan tojik-o‘zbek madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun 4 nafar o‘zbekistonlik san’atkor – Munojot Yo‘lchiyeva, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov va Og‘abek Sobirov Tojikiston xalq hofizi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, o‘zbek aktyori Yodgor Sa’diyev ham Tojikiston xalq artisti unvoniga loyiq ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tarixiy hujjat – Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi ma’lum qilingandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi