O‘zbekistonning 2020 yildagi eksport hajmi ochiqlandi

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekistonda eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu haqda AOKAda ayni daqiqalarda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov ma’lum qildi:

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020 yilning yakunlari bo‘yicha asosiy vositalarga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan 101,5 foizni yoki 6,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Investitsiya dasturi doirasida 197 ta loyiha amalga oshirildi va shuning hisobiga 38 ming ish o‘rni yaratildi. Bundan tashqari, hududiy investitsiya dasturlari doirasida jami 59,1 trln so‘mlik 10 586 ta loyiha amalga oshirildi va bu 131,5 ming yangi ish o‘rni tashkil etilishiga imkon berdi”, deydi u.

Voitovga ko‘ra, tashqi savdo faoliyati ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqilsa, 2020 yil yakuniga kelib, eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Shuningdek, 47 turdagi yangi mahsulotlarni eksportga yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing