O‘zbekistonliklarning Rossiyada ishlashiga doir bitim tasdiqlanadi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2021
8551O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Hujjat bilan joriy yilning 17 iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida diplomatik kanal orqali imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishlari tartibi to‘g‘risida”gi Bitim tasdiqlanadi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi hududida ro‘yxatdan o‘tish tartibi RF vakolatli organlari tomonidan qiyinlashtirilishi oqibatida (mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha patent rasmiylashtirish) ushbu davlat hududida o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan migrantlarga bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelitirib chiqarmoqda. Natijada, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan migratsiya sohasidagi huquqbuzarliklar sodir etilmoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan mazkur Bitim ishlab chiqilib, tomonlar ichki ishlar vazirlari darajasida imzolangan.
Mazkur Bitim kelgusida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 7 kundan 15 kungacha bo‘lgan muddat davomida mehnat faoliyatini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishda o‘z samarasini berishi qayd etilgan.
“Shunga ko‘ra, mazkur hujjat, kelgusida Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ushbu davlat hududida o‘z mehnat faoliyatini olib borishga katta yordam beradi”, deyiladi hujjat sharhida.
LiveBarchasi