O‘zbekistonliklarning qanchasi 2 mlndan ko‘p va kam oylik oladi?

Jamiyat

image

Joriy yilning birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlari 8,8 trln. so‘mni (o‘sish 1,5 trln. so‘m), jumladan ish beruvchilar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliq 8,1 trln. so‘mni (o‘sish 1,3 trln. so‘m) tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotida ma’lum qilindi.

Tushumlarning o‘sishiga quyidagi omillar ta’sir qildi:

•    o‘tgan yilning II choragida joriy etilgan karantin cheklovlarining yumshatilishi;

•    iqtisodiy faollikning tiklanishi;

•    2021 yil 1 fevraldan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10 foizga oshganligi;

•    2021 yildan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari tiklanganligi (2020 yilda vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi).

Natijada hisobot davrida daromadi oshgan xodimlar soni ko‘paygan. Xususan, may oyida 2-4 mln. so‘m olganlar 1 073 ming nafarni (umumiy to‘lovchilar sonidagi salmog‘i 21,3 foizdan 23,1 foizgacha oshgan), 4-5,5 mln. so‘m olganlar 293 ming nafarni (salmog‘i 4,7 foizdan 6,3 foizgacha oshgan), 5,5 mln. so‘mdan yuqori olganlar 387 ming nafarni tashkil qilgan (salmog‘i 5,8 foizdan 8,3 foizgacha oshgan).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

460

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing