O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan qarzi 2 trlndan oshdi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2021
3586Ayni vaqtda O‘zbekiston aholisining issiqlik energiyasidan 2 trln 100 mln so‘m qarzdorligi bor. Bu haqda bugun, 28 oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov ma’lum qildi.
“Respublika bo‘yicha yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun aholining debitor qarzdorligi 2 trln 100 mln so‘mga teng. Issiqlik ta’minoti korxonalarining gaz, elektr va sovuq suvdan qarzi — ikki yarim trillion so‘mni tashkil etmoqda”, deydi Qurbon Tursunov.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, ayni vaqtda 20 ta issiqlik ta’minoti korxonasi xodimlari joylarga chiqib, aholiga tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
“Iloji bo‘lmagan hollarda yozma ogohlantirishlar taqdim etmoqda, sud organlariga murojaat qilib, majburiy tartibda undirish choralari ko‘rilmoqda Aholining to‘lov intizomiga amal qiladigan qismi 50-60 foizdan iborat. Qolgan 35-40 foiz aholiga shu kabi choralar ko‘rilmasa, to‘lovni undirish imkoniyati chegaralangan”, deydi Qurbon Tursunov.
LiveBarchasi