O‘zbekistonliklarni 46 daraja jazirama kutmoqda

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Hafta davomida O‘zbekistonga Eron hududlaridan issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3-5 iyulda O‘zbekiston hududlari bo‘yicha havo harorati kunduz kunlari 39-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 42-44° gacha bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.

Shuningdek, joriy yilning 6-8 iyulida Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5-8° ga yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo 41-43° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46° gacha isiydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

965

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing