O‘zbekistonliklar joriy yilda dam olish uchun qayerga ko‘p borgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonliklar dam olish maqsadida joriy yilda eng ko‘p Turkiyaga borgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 oyida 558,6 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hordiq chiqarish uchun xorijga chiqqan. Shundan 200 mingdan ortiq dam oluvchi Turkiyaga borgan. Bu davlatlar kesimidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

O‘zbeklar dam olish maqsadida ko‘p safar qilgan davlatlar kesimi quyidagicha:

  • BAAga – 87,9 ming kishi;
  • Saudiya Arabistoniga – 49 ming kishi;
  • Misrga – 29,5 ming kishi;
  • Quvaytga – 9,6 ming kishi;
  • Janubiy Koreyaga – 9,4 ming kishi;
  • AQSHga – 8,4 ming kishi;
  • Gruziyaga – 6,7 ming kishi;
  • Hindistonga – 4,9 ming kishi;
  • Germaniyaga – 3,5 ming kishi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, 4,4 million nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing