O‘zbekistonliklar uchun Umra ziyorati narxi oshirilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda Umra ziyorati uchun to‘lov narxi oshiriladi. Hozircha narxlar qanchaga oshishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qilmoqda

Idora xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida karantin talablari yumshatilgani sababli dunyo mamlakatlaridan Umra ziyoratiga keluvchilar soni keskin oshib ketadi. Buning natijasida esa mehmonxona ijarasi narxi sezilarli darajada ko‘tariladi. 

Shu bois, transport, oziq-ovqat, viza to‘lovlarini hisobga olgan holda har bir ziyoratchi uchun belgilangan to‘lov summasiga qo‘shimcha ravishda to‘lov qilinadi. 

Aytish joizki, ayni vaqtda o‘zbekistonliklar o‘rtacha 17,8 million atrofida to‘lov qilib ziyoratga ketmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 17 mart holatiga 21 mingdan ortiq ziyoratchi Saudiya Arabistoniga jo‘natilib, ulardan 16 ming nafardan ziyodrog‘i Umra amallarini to‘liq ado etib, O‘zbekistonga qaytib kelgan. Hozirda 5 ming 600 nafarga yaqin ziyoratchi Saudiya Arabistonida Umra ziyoratlarini amalga oshirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing