O‘zbekistonliklar Rostov vokzali hovlisida tunamoqda. Ular och va yupun (video)

Jamiyat

Pandemiya sabab Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklar QALAMPIR.UZ’ga murojaat yo‘lladi. Ular O‘zbekiston Hukumati, xususan Tashqi ishlar vazirligi va Transport vazirligidan Rostovda qolib ketgan 3 mingga yaqin o‘zbekistonliklarga e’tibor qaratishni so‘ramoqda. 

Ma’lum qilinishicha, erkaklar, ayollar va bolalar bir necha kundan buyon Rostov viloyati Pervomaysk tumanidagi poyezd vokzali hovlisida tunamoqda. Ular oziq-ovqat, yotoq va sharoit yo‘qligidan shikoyat qilarkan, bir necha kundan buyon sovuqda ko‘chada tunayotganlarini ma’lum qilishgan. 

O‘zbekistonda ham pandemiya davom etmoqda. Rostovdan so‘nggi bor 26 avgust kuni 918 kishi olib kelingandi

O‘zbekiston Rossiya bilan temir yo‘l qatnovlarini 17 mart kuni to‘xtatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing