O‘zbekistonliklar Rossiyada YTH sodir etish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
Olam
−
16 may 2022
4642O‘tgan yili Rossiyadagi Yo‘l-transport hodisalarida xorijlik haydovchilar orasida eng ko‘p O‘zbekiston fuqarolari aybdor bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi ilmiy markazi ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolarining aybi bilan 1 290 ta, Qirg‘iziston 1 092 ta va Tojikiston fuqarolari aybi bilan 894 ta YTH sodir bo‘lgan. Shuningdek, birinchi beshlikka Armaniston va Ozarbayjon fuqarolari kirgan bo‘lib, ular 417 va 346 ta avtohalokat sodir etgan.
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda xorijliklar aybi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar soni ko‘paygan.
Umimiy hisobda 5000 dan ortiq bunday hodisalar qayd etilgan, bu bir yil avvalgiga nisbatan deyarli 6 foizga ko‘pdir.
LiveBarchasi