O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida 5 kun dam oladi 

Jamiyat

image

Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar 5 kun dam oladi. Bu haqda bugun, 26 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasini yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm ob’ektlarini ko‘paytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilda Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangani, 250 ta mehmonxona va muzeylar aholiga chegirma bergani, ziyorat ob’ektlari bepul qilingani ichki turizm uchun katta turtki bergan. 

Bu orqali Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar bordi. Shu sabab, kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham aholimizga yana 5 kunlik dam olish beriladi.

Bunda haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun:

30 aprel (shanba);
1 may (yakshanba);
2 may (dushanba) – Ramazon hayiti;
3 may (seshanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni;
4 may (chorshanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.

5 kun ishlovchilar ko‘chirilgan dam olish kunlari evaziga 7 may va 14 may shanba kunlari ham ishga chiqishi kerak bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun:

1 may (yakshanba);
2 may (dushanba) – Ramazon hayiti;
3 may (seshanba) – qo‘shimcha dam olish kuni;
4 may (chorshanba) – qo‘shimcha dam olish kuni.

“Endi ushbu ishlarni faqat bayramlar arafasida emas, balki yil davomida tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha yangi tartibni joriy etamiz”, deydi Prezident.

Jumladan, 2022 yildan boshlab barcha davlat tashkilotlari xodimlari uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston aholisi Navro‘z munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1672

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing