O‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
22 fevral 2023
21913O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4 kun dam oladi. Bu Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan:
• besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari);
• olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:
•11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;
• 25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga.
Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20 mart – dushanba va 22 mart – chorshanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.
LiveBarchasi