O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
03 avgust 2022
21204O‘zbekiston xalqi joriy yil Mustaqillikning 31 yilligini nishonlash arafasida ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Hujjatga asosan:
1 sentyabr – payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentyabr – juma (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - ish haftasi turidan qat’i nazar);
3 sentyabr – shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun);
4 sentyabr – yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
LiveBarchasi