O‘zbekistonliklar qanday maqsadlarda ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilarning 95 foizi do‘stlar bilan muloqot qilish va tanishish uchun ijtimoiy tarmoqlarga kiradi. Bu haqda “Ekonomicheskoye obozreniye” o‘tkazgan so‘rovnomada so‘z boradi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 22 million odam internetdan foydalanadi. Shundan 19 millioni mobil internet hisobiga to‘g‘ri keladi. Telegram va YouTube  mamlakatda eng mashhur va ko‘p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.

Ma’lum  bo‘lishicha, respondentlar ijtimoiy tarmoqlarning quyidagi jihatlariga katta qiziqish bildirgan:

•    do‘stlar va tanishlar bilan muloqot qilish – respondentlarning 95 foizi;

•    faktlar va sahifalarni ko‘rish, musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqlardan ma’lumot olish – so‘rovda qatnashganlarning 60 foizi;

•    o‘z ijtimoiy sahifasidagi o‘zgarishlar va yangiliklarga qiziqish –65 foizi;

•    suratga olish va o‘z suratlarini darhol tarmoqlarga joylashtirish istagi – respondentlarning 20 foizi, ijtimoiy tarmoq uchun maxsus suratga tushish yoki olish istagi – 60 foizi, 20 foizi suratlarini tarmoqqa joylashni umuman istamaydi;

•    respondentlarning 56 foizi qiziqarli takliflar bo‘lsa reklamaga munosabat bildiradi.

Respondentlarning 80 foizi ba’zida ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot real hayotdagidan ko‘ra yoqimliroq bo‘lishini ta’kidlasa, 12 foizi hech qachon haqiqiy muloqotni ijtimoiy tarmoqlar bilan almashtirmasligini ma’lum qilgan. 

Foydalanuvchilarning 72 foizi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazgani ortidan yaqinlari bilan hech qachon janjallashmasligini, 23 foizi internetda ko‘p vaqt o‘tkazgani uchun ba’zan nizolarga duch kelishini, 5 foiz respondentlar ko‘pincha janjal kelib chiqishini ma’lum qilgan. 

So‘rov ishtirokchilarining aksariyati (85 foizi) mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlarni muhim deb topgan. Biroq, respondentlarning 54 foizi ularni rad etishlari mumkinligiga ishonishadi. Qolgan 46 foiz esa ijtimoiy tarmoqlarsiz yashay olmasligini tan olishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing