O‘zbekistonliklar qancha vaqtini ijtimoiy tarmoqda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
02 noyabr 2021
4285O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilarining 41 foizi 1 soatdan 3 soatgacha vaqtini ijtimoiy tarmoqda o‘tkazadi. Bu haqda “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 22 million odam internetdan foydalanadi. Shundan 19 millioni mobil internet hisobiga to‘g‘ri keladi. Telegram va YouTube mamlakatda eng mashhur va ko‘p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilarning 35 foizi bir sutkada 1 soatdan ortiq bo‘lmagan vaqtini ijtimoiy tarmoqda o‘tkazadi. 41 foizi esa 1 soatdan 3 soatgacha, 13 foizi 3 soatdan ko‘proq, 11 foizi cheklanmagan miqdorda ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi.
Bundan tashqari, 46 foiz odam ijtimoiy tarmoqlardan voz kecha olmasligini, 54 foiz odam, aksincha ularsiz ham qulay hayot kechirishi mumkinligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi