O‘zbekistonliklar eng ko‘p nimadan o‘layotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 79,7 mingta o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar bergandik. Quyida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, ushbu o‘lim holatlariga nima sabab bo‘lgani haqida axborot beramiz.

2021 yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining:

•  61,4 foizi — qon aylanish tizimi kasalliklaridan; 
•  9,4 foizi — o‘simtalardan;
•  5,7 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan; 
•  4,9 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan;
•  4,5 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan; 
•  1,9 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan;
•  12,2 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan bir yoshgacha vafot etgan bolalarning:

•  59,2 foizi — perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan; 
•  18,4 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan;
•  11,4 foizi — tug‘ma anomaliyalardan; 
•  2,8 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan; 
•  1,8 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan; 
•  0,7 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan; 
•  5,7 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 34 million 860 ming 200 kishini tashqil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2971

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing