O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi sohalardan norozi?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 2019 yil hisoboti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, fuqaro (iste’molchi)lardan jami 10 261 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 5096 tasi og‘zaki, 3519 tasi yozma, 1646 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, sohalar kesimida tahlil qilinganda iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga tegishli ekani ayon bo‘ldi.

•    3991 tasi (38,9 foiz) - savdo sohasi; 
•    1228 tasi (12,0 foiz) - elektr ta’minoti sohasi; 
•    878 tasi (6,6 foiz) - xizmat ko‘rsatish (servis) sohasi; 
•    865 tasi (8,4 foiz) - gaz ta’minoti sohasi; 
•    534 tasi (5,2 foiz) - suv ta’minoti sohasi; 
•    472 tasi (4,6 foiz) - kommunal xizmat sohasi; 
•    301 tasi (2,9 foiz) - transport sohasi; 
•    299 tasi (2,9 foiz) - aloqa (va internet) sohasi; 
•    178 tasi (1,7 foiz) - sog‘liqni saqlash sohasi; 
•    1516 tasi (14,8 foiz) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ariza va shikoyatlarning 9736 tasi ya’ni, 94,9 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 10 174 967 565 (o‘n milliard bir yuz yetmish to‘rt million olti yuz to‘qson yetti ming besh yuz oltmish besh) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing