O‘zbekistonliklar bir kunda qancha elektr energiya sarflaydi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bir kunlik elektr energiyasi iste’moli o‘rtacha 241.6 mln kVt•soatni tashkil etmoqda (18.11.2021, tabiiy gaz: 50.4 mln. m3;  ko‘mir: 17 650 tonna; mazut — zaxira  yoqilg‘isi: 4 918 tonna; suv: 6,3 mln. m3). Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlar” AJ ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, quvvati 7 Vt lampani kVt aylantirsa: 7 Vt ÷ 1000 = 0,007 kVt. Demak, 1 ta 7 Vt li lampochka 1 soat ichida 0,007 kVt soat elektr energiyasi iste’mol qiladi.

Natijani 24 soatga ko‘paytirsa va bir kunda 1 ta elektr chirog‘i uzluksiz ishlatilsa: 0,007 kVt × 24 soat = 0,168 kVt soat elektr energiyasi iste’mol qiladi.

O‘zbekistondagi kunlik o‘rtacha iste’molni 24 soat davom etgan 7 Vtli elektr lampochkasi iste’moli misoliga taqqoslasa: 241,6 mln kVt•s ÷ 0,168 kVt•s = 1 438 095 238 dona elektr lampochkasi hosil bo‘ladi.

Faraz uchun, O‘zbekistonda bir kunda ≈ 24 soat davomida 1 milliard 438 million 095 ming 238 dona chiroq yonib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing