O‘zbekistonlik velosportchi xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
06 mart 2023 3723 1 daqiqa
O‘zbekistonlik velosportchi Yanina Kuskova Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan “Porec Trophy Ladies” turnirida g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpia qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unda qayd etilishicha, sportchi uzunligi 116 km masofani tashkil etgan poygada nomdor raqibalarini ortda qoldirishga erishgan.
Shuningdek, mazkur startda o‘z omadini sinab ko‘rgan yana bir o‘zbekistonlik velosportchi Olga Zabilenskaya sakkizinchi natijani qayd etgan.
“Ushbu musobaqa orqali Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida Kuskova 40, Zabelinskaya 3 reyting ochkosiga ega bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Kuskovaning raqiblari bilan natijasi quyidagicha:
- Yanina Kuskova (O‘zbekiston) 🇺🇿 – 3:05:18
- Lara Jillespiye (Irlandiya) 🇮🇪 – 3:05:19
- Urska Pintar (Sloveniya) 🇸🇮 – 3:05:19
Ma’lumot uchun, Yanina Kuskova 22 yoshda. U 2022 yilda o‘tkazilgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida zafar quchgan. Shuningdek, u o‘tgan yili Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan Islom birdamligi o‘yinlarida ham munosib ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olgan edi. Shu yilning 30 yanvarida esa Turkiya mezbonlik qilgan velosport bo‘yicha “Grand Prix Aspensos” xalqaro musobaqasida ham oltin medalga ega chiqqan edi.
Live
Barchasi