O‘zbekistonlik terrorizmni targ‘ib qilgani uchun Rossiya fuqaroligidan mahrum bo‘ldi

Olam

image

Kurgan viloyati huquq-tartibot idoralari O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan fuqaroni terrorizmni targ‘ib qilgani uchun Rossiya fuqaroligidan mahrum qildi. U “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyada taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishga chaqiruvchi video va audiolarni joylashtirgan. Bu haqda bugun, 11 mart kuni viloyat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 2017 yilda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olgan. Keyinchalik u Kurgan shahrida Islom dinining radikal mafkurasi tarafdori bo‘lib, terrorchi deb tan olingan va Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolarining fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, video va audio yozuvlarni e’lon qilgan. "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida terrorizmni targ‘ib qilish belgilari, shuningdek, Rossiyada taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishga va ularning faoliyatini oqlashga chaqiriqlar mavjud.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Kurgan viloyati boshqarmasi xulosasiga ko‘ra, uni Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror "Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida" Federal qonunining 22-moddasi 2-qismi asosida bekor qilindi. Rossiya Federatsiyasi fuqarosining pasporti olib qo‘yildi. U Rossiya hududidan chiqib ketishi kerak”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha,  avvalroq erkak Rossiya Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi – Terrorchilik faoliyatiga ommaviy chaqiriqlar, terrorizmni omma oldida oqlash yoki terrorizmni tashviqot qilish – 2-qismi bo‘yicha aybdor deb topilgan. U 300 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing