O‘zbekistonlik taekvondochilar xalqaro turnirga jo‘nab ketdi

Sport

−

image

Tayekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Yevropa safariga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik sportchilar 11-12 mart kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida “Dutch Open”, 18-19 mart kunlari Belgiyaning Lommel shahrida “Belgian Open” musobaqalarida ishtirok etadi. G-2 tasnifidan o‘rin olgan ushbu turnirlar Parij-2024 Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi. 

Pavel Xan boshchiligidagi murabbiylar shtabi mazkur turnirlar uchun quyidagi sportchilarni tanlab oldi:

-68 kg: Niyoz Po‘latov;

-74 kg: Ulug‘bek Rashidov;

-74 kg: Jasur Jaysunov;

-80 kg: Shuhrat Salayev;

-87 kg: Nikita Rafalovich;

-49 kg: Madinabonu Mannopova;

-67 kg: Feruza Sodiqova;

+73 kg: Svetlana Osipova.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar