O‘zbekistonlik tayekvondochilar xalqaro musobaqada 6 ta oltin medalga ega bo‘ldi
Sport
−
06 fevral 2023 2367 1 daqiqa
Joriy yilning 5-8 fevral kuni BAAning Fujayra shahrida tayekvondo bo‘yicha an’anaviy “Fujairah Open” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnirni o‘zbekistonlik taekvondochilar sermahsul natija bilan yakunladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Umumiy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza jami 9 ta medalni qo‘lga kiritdi. Kutilganidek, terma jamoa yetakchilari oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilar:
Oltin medal:
-49 kg: Madinabonu Mannopova;
-67 kg: Feruza Sodiqova;
+73 kg: Svetlana Osipova;
-54 kg: Omonjon Otajonov;
-74 kg: Ulug‘bek Rashidov;
-87 kg: Nikita Rafalovich.
Kumush medal:
-68 kg: Najmiddin Qosimxo‘jayev;
-62 kg: Ozoda Sobirjonova.
Bronza medal:
-63 kg: Niyoz Po‘latov.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr