O‘zbekistonlik taekvondochilar 3 ta yirik turnirda ishtirok etadi
Sport
−
02 mart 2022
2595Eronda taekvondo bo‘yicha xalqaro musobaqalar “seriyasi” boshlanmoqda. Ushbu turnirlarda ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi bugun, 2 mart kuni tongda Eronga yo‘l oldi.
Ushbu mamlakatda 4-5 mart kunlari klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, 6-9 mart oralig‘ida an’anaviy "Fajr Open", 10-14 mart kunlari esa Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik 19 nafar taekvondochi qatnashadi.
Tarkibda Tokio-2020 chempioni Ulug‘bek Rashitov, shuningdek, ko‘p karra JCH sovrindori Nikita Rafalovich, Olimpiada ishtirokchisi Svetlana Osipova kabi tajribali sportchilar qatori yana bir qancha yosh taekvondochilarni ham uchratish mumkinn. Eron safariga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha:
Sportchilar:
Jahongir Xudoyberdiyev
Omonjon Otajonov
Doniyor Mahkamov
Otabek Turg‘anbekov
Niyoz Po‘latov
Ulug‘bek Rashitov
Sardor Toirov
Diyorbek Tuxliboyev
Najmiddin Qosimxojiyev
Jasur Jaysunov
Shuhrat Salayev
Nikita Rafalovich
Shohruh Rajabov
Dinora Muxtorova
Charos Qayumova
Ozoda Sobirjonova
Feruza Sodiqova
Iroda Mirtojiyeva
Svetlana Osipova
Murabbiylar:
Pavel Xan
Vladimir Xan
Maksim Rafalovich
Aleksandr Kim
Pahlavon Sobirov
Jasur Boyqo‘ziyev
Stanislav Dogbayev (massajchi)
Dmitriy Kim (hakam)
Mas’ud Yunusov (shifokor)
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi