O‘zbekistonlik sportchilarning farzandi AQSH chempioni bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik mashhur figurali uchuvchi Roman Skornyakov va Tatyana Malininaning farzandi Ilya Malinin figurali uchish bo‘yicha AQSH chempioni bo‘ldi. Bu haqda o‘zbekistonlik taniqli funksioner Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida xabar berdi.

18 yoshli Ilya Malininning onasi Tatyana Malinina o‘n karra O‘zbekiston chempioni, qishki Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 2002 yilgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi hisoblanadi.

Roman Skornyakov ham O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynagan va ikkita Olimpiadada qatnashgan – 1998 va 2002 yillarda.

Ilya Malinin 2004 yilda AQSHning Virjiniya shtatida tug‘ilgan. U AQSH fuqarosi hisoblanadi. Shuningdek, Ilya AQSH terma jamoasi safida kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi, kattalar o‘rtasida bir nechta Gran-prilar g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Malinina Il'ya Malinin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar