O‘zbekistonlik sportchilar ko‘proq qaysi sport turida diskvalifikatsiya qilinmoqda?
Sport
−
21 fevral 2022
46272021 yilda 15 nafar o‘zbekistonlik sportchida doping aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (O‘zMADA) ma’lum qildi.
O‘zMADAning o‘tgan yili diskvalifikatsiya qilingan sportchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlariga ko‘ra, faoliyati taqiqlangan atletlarning 10 nafari erkak, 5 nafari esa ayol.
Taqiqlangan moddalar ko‘proq og‘ir atletika (2 nafar), dzyudo (2 nafar) va kurash (1 nafar ayollar kurashi va 1 nafar yunon-rum kurashi) sport turlarida aniqlangan.
Avvalroq O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasining qaroriga ko‘ra, sportchi Maftuna Ismoilovaning doping-sinamasida taqiqlangan moddalar aniqlangani sabab 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi