O‘zbekistonlik sportchi Osiyoda eng yaxshi sportchi bo‘ldi
Sport
−
23 iyul 2019
2612O‘zbekistonlik taekvondochi Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar (http://olympic.uz/25306) bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga yetgan. Musobaqada asosiy tarkib bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekistonliklardan o‘smirlar Olimpiadasi sovrindori Ulug‘bek Rashitov (-55 kg) hamda Jasur Jaysunov (-68 kg) o‘z vazn toifalarida qit’amizda tengsiz ekanliklarini isbotlagan bo‘lsalar, Azizjon O‘ktamov (-48 kg) finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, Abdulaziz Hamidullayev (-63 kg), Marat Mavlonov (-78 kg), Feruza Sodiqova (-63 kg) hamda Ozoda Sobirjonova (-55 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.
Jami yettita medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Asosiysi, ushbu Osiyo chempionati sportichilarning ilk bor oltin medal qo‘lga kiritgani bilan tarixda qoldi. Ulug‘bek Rashitov esa yigitlar o‘rtasida musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
Oltin:
Ulug‘bek Rashitov (-55 kg)
Jasur Jaysunov (-68 kg)
Kumush:
Azizjon O‘ktamov (-48 kg)
Bronza:
Abdulaziz Hamidullayev (-63 kg)
Marat Mavlonov (-78 kg)
Feruza Sodiqova (-63 kg)
Ozoda Sobirjonova (-55 kg)
LiveBarchasi