O‘zbekistonlik Olimpiya va Paralimpiya g‘oliblariga qancha mukofot puli beriladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

Qarorga muvofiq Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

•  oltin medal uchun – 200 000 AQSH dollari;
•  kumush medal uchun – 100 000 AQSH dollari;
•  bronza medal uchun – 50 000 AQSH dollari.

Qayd etilishicha, xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, joriy yilning 24 iyun holatiga ko‘ra Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi jami 101 ta litsenziya qo‘lga kiritilgan. Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari boshlangunga qadar qo‘shimcha 17 ta litsenziyani qo‘lga kiritilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga qoldirildi va 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladigan bo‘lgandi. Paralimpiya o‘yinlari esa Tokioda 24 avgust – 5 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing