O‘zbekistonlik mahbuslar Ukrainadagi urushga yollanayotgani aytilmoqda

Olam

image

Rossiya qamoqxonalaridagi O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Afrika mahbuslari Ukrainadagi urushga yollanayotgani aytilmoqda. Bu haqda “Rus sidyashaya” jamg‘armasi rahbari, jurnalist Olga Romanova ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi Federal qonunga binoan, chet el fuqarolari harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin emas. Ukrainadagi urushga xorijiy fuqarolarni jalb etish noqonuniy hisoblanadi. 

“Vagner” qilayotgan ishlar noqonuniy. Urushga chet ellik mahbuslar yollanmoqda va ular o‘lmoqda. Biz Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarini suddan tashqari qatl qilish holatlarini ham bilamiz”, deydi Romanova.

AQSH tomonidan tarqatilgan xabarlarda “Vagnerchilar”ning 90 foizi mahbuslardan tashkil topgani aytiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing