O‘zbekistonlik qori xalqaro musobaqada 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi
Jamiyat
−
27 may 2024 20079 1 daqiqa
O‘zbekistonlik qori Abbosxon Obidov Saidmurod o‘g‘li Rossiyada o‘tkazilgan musobaqada 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
25-27 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Ingushetiya mintaqasida "Ixva" xayriya jamiyati tomonidan Qur’oni karimni tajvidli o‘qish bo‘yicha II-xalqaro musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abbosxon qori Obidov Saidmurod o‘g‘li muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Abbosxon qori faxrli 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025