O‘zbekistonlik qiz Kolumbiya universitetining ilk o‘zbek professori bo‘ldi

Olam

image

O‘zbekistonliklar orasida ilk bor Aziza Shonazarova Kolumbiya universitetining "tenure track" pozitsiyasi, ya’ni umrbod professorlik lavozimiga qabul qilindi.

Kolumbiya universiteti Ivy League toifasiga kirgan. "Ayvi" ligaga AQSHdagi eng nufuzli 8 ta – Brown, Columbia, Cornell, Dartmouth college, Harvard, Princeton, Pennsylvania, Yale universitetlar kiradi.

Tenure track pozitsiyasiga professor va professor assistenti ishga olinib, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomasi universitet ma’muriyati tomonidan bekor qilinmaydi. Bunday shartnomaning asosiy maqsadi – olimning erkinligini (academic freedom) ta’minlashdir.

Aziza Shonazarova "Female religiosity and gender history in pre-modern Central Asia" (O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi) mavzusida AQSHning Indiana – Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. U 2 ta yo‘nalishda (dinshunoslik va Markaziy Osiyo tarixi) PhD – falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aziza Shonazarova

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing