O‘zbekistonlik qiz boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati yakuniga yetib bormoqda. Kecha, 22 aprel kuni qizlar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistolik Nigina O‘ktamova jahon chempioniga aylandi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmatining yoztshicha, o‘zbekistonlik bokschi qizlar shu paytgacha jahon chempionatining finaliga qadar yetib bormagan edi. Oltin medal uchun ringga ko‘tarilgan Nigina O‘ktamova hamda Mohinabonu Abdullayeva o‘zbek boksi tarixiga o‘z nomlarini yozib qoldirgan.

Dastlab, 54 kg vazn toifasida samarqandlik Nigina O‘ktamova ukrainalik Kristina Lakichukka qarshi to‘qnash keldi va 4:1 hisobida g‘alabaga qozondi. Shu tariqa, u o‘zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Shundan so‘ng, Mohinabonu Abdullayeva (64 kg) ham o‘z jangini o‘tkazdi. Afsuski, rossiyalik Azaliya Aminevaga qarshi bellashuvda Abdullayevaga biroz omad yetishmadi.

O‘zbekistonlik bokschi qizlar yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan tugatadigan bo‘lishdi. Ertaga yigitlar o‘rtasida ham 2 nafar vakilimiz final jangini o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing