O‘zbekistonlik Jiu-Jitsu ustalari jahon chempionatiga boradi

Sport

image

O‘zbekistonlik Braziliya jiu-jitsu yo‘nalishi sportchilari,Toshkentdagi “Senna Fight Academy” a’zolari, shu yilning 16 apreldan 26 aprelga qadar Birlashgan Arab amirliklarining Abu Dabi shahridagi jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempionati musobaqasida qatnashishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. O‘smirlar, yoshi kattalar va Masters yo‘nalishi (30 yoshdan kattalar) bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan bu nufuzlik musobaqada O‘zbekistonlik sport ustalari ilk bor qatnashishmoqda.

Sport turi haqida qisqa ma’lumot:

Braziliya Jiu-Jitsu (port Jiu-Jitsu Brasileiro) - jang san’ati, shuningdek parter kurashiga asoslangan, og‘riqli va bo‘g‘ish texnikasi hisoblanadi. Bu san’at XX asrning boshlarida yaponiyalik jiu-jitsu ko‘plab maktablari (ryu) tomonidan tashkil etilgan, mustaqil yosh tizim bo‘lgan va(1882-yilda tashkil etilgan) Judo Kodokan yo‘nalishidan kelib chiqdi.

Ushbu san’at, jismoniy zaif rivojlangan shaxsning to‘g‘ri texnikani (og‘riqli metodlar va bo‘g‘ish usuli) qo‘llash orqali kuchli raqibga qarshi muvaffaqiyatli himoya qilishi va uni mag‘lub etish printsipiga asoslanadi. Braziliya Jiu-Jitsu sport turi (BJJ) turli maqsadlar uchun tayyorlanishi mumkin: o‘z-o‘zini himoya qilish, sport, musobaqalar (“Gi”bilan va “Gi”siz) va “Mix fighting”da. Sparring (BJJ da rolling deb ataladi) va to‘liq kontaktli trening mashqlarda tayyorlash va tayyorgarlikda katta rol o‘ynaydi. Bu sport turi nafaqat jang san’ati, balki jismoniy shakldagi odamni saqlash va iroda kuchini rivojlantirish usulini, eng muhimi, xotirjamlikka erishishning bir usuli hisoblanadi.

Braziliya jiu-jitsu sport turi 1990-yillarning boshlarida jang san’ati sohasida mashhur bo‘lgan. Braziliyalik jiu-jitsu ustasi Royce Gracie birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi jangovar kurash bo‘yicha UFC kamarini qo‘lga kiritgan. Royce boshqa uslublarni, jumladan, boks, karate, judo, taekwondo va kurashni o‘z ichiga olgan juda jiddiy raqiblarga qarshi kurashdi. Ayniqsa, braziliyalik sportchi balandligi va vazni o‘zidan ancha ustun bo‘lgan jangchilar ustidan g‘alabalari juda ta’sirli edi. O‘shandan buyon BJJ ko‘plab MMA jangchilarining asosiy san’atiga aylandi va erdagi kurashning muhimligini ta’kidlash uchun katta hurmat qozondi.

Bugungi kunda Birlashgan Arab Amirliklari shayxi Tahnun bin Zayed Al-Naxyan braziliyalik Jiu Jitsu va Grepplingning dunyodagi eng nufuzli a’zosi hisoblanadi. Uning bu sport turini tanlashga bo‘lgan asosiy sabab - odamga zarbasiz va sog‘liqqa zarar yetqazilmasligini ta’kidlaydi. Shu sababdan bu sport turi bilan dunyo bo‘ylab yosh va qariya insonlar shug‘ullanib kelishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing