O‘zbekistonlik ikki sportchi xalqaro musobaqada bitta pog‘onadan joy oldi

Sport

image

Kecha, 7 iyul kuni Polshaning Beloston shahrida yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Jahon chempionati va Olimpiada sovrindorlari ishtirokida kechgan mazkur musobaqada qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar Nadiya Dusanova hamda Svetlana Radzivil birgalikda bronza medaliga egalik qilishdi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Musobaqa g‘olibligi 1.94 metr natija qayd etgan mezbon sportchi Kamila Lisvinkoga nasib etdi. Kumush medal Sent-Lyusiya vakilasi Lavern Spenserga tegishli bo‘ldi (1.90 m). O‘zbekistonlik ikki sportchi esa urinishlar soni bo‘yicha bir xil 1.85 metr balandlikdan sakrashdi va har ikkisiga ham bronza medallari topshirildi.

Yengil atletika. Xalqaro turnir. Polsha
Balandlikka sakrash, ayollar
1. Kamila Lisvinko (Polsha) – 1.94 metr
2. Lavern Spenser (Sent-Lyusiya) 1.90 m
3. Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova (O‘zbekiston) – 1.85 m


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing