O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo chempionatida yana to‘rtta medal yutdi

Sport

image

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Kecha, 5 avgust kuni jami to‘rtta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. 

5 avgust kungi bahslar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega bo‘ldi. 

-73 kg vaznda finalga yetib kelgan Murodjon Yo‘ldoshev qozog‘istonlik Daniyar Shamshayevga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi. Ushbu vaznda kurashgan yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi Obidxon Nomonov tojikistonlik Behruzi Hojazodadan ustun kelib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

-70 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan tajribali sportchi Gulnoza Matniyozova oltin medal uchun kechgan murosasiz bellashuvda yaponiyalik uch karra jahon va Osiyo chempioni Yoko Onoga yutqazib qo‘ydi. Shohista Nazarova esa qozog‘istonlik Anastasiya Mayakovani yengib, Osiyo chempionatining bronza medaliga ega chiqdi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ikki kunlik bahslar yakuniga ko‘ra, 1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati ertaga, 7 avgust kuni o‘z poyoniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati

Baholaganlar

14

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing