O‘zbekistonlik chavandoz xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Chexiyaning Praga shahrida tashkil etilgan Praga Cup 2023 musobaqasida ishtirok etdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoaviy yo‘nalishda Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari o‘ynalgan mazkur turnirda O‘zbekiston vakili Abdurahmon Abdullayev sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Abdullayev balandligi 150 smni tashkil etgan to‘siqlardan sakrash dasturida ikkinchi natijani qayd etib, kumush medal bilan taqdirlandi. Bellashuv davomida Abdullayevga “Go Four It B” laqabli tulpori hamrohlik qildi.

Musobaqaning asosiy yo‘nalishida terma jamoalar 160 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida Parij-2024 yo‘llanmalari uchun bahs olib bordilar. Unda O‘zbekiston vakillari to‘qqizinchi natijani qayd etdi. Olimpiada litsenziyalari esa Isroil hamda Polsha jamoalariga nasib etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ot sporti Abdurahmon Abdullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing