O‘zbekistonlik chang‘ichi Pekin Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Sport

image
0:00
0:00
download

2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan ilk yo‘llanma qo‘lga kiritildi.

Chang‘i sporti vakili Komiljon To‘xtayev 2022 yil Pekinda bo‘lib o‘tadigan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston chang‘i federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Sportchi saralash ko‘rsatkichlari doirasida “slalom” va “gigant slalom” yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan me’yorlarni bajarib, 2022 yilgi Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston hozircha tog‘ chang‘isi bo‘yicha 2 kvota (1 ayol, 1 erkak) qo‘lga kiritishi mumkin. Saralash davri 2019 yil 1 iyuldan 2022 yilning 16 yanvar kunigacha davom etadi: 

“O‘zbekiston chang‘i sportining boshqa turlari – snoubord, fristayl, ski-kross, chang‘i yugurish turlari bo‘yicha yana bir qancha yo‘llanmanlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Federatsiyaning chang‘i sportini rivojlantirish bo‘yicha takliflari avvalroq tayyorlanib, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Turizm va sport vazirligiga taqdim etilgan”. 

Ma’lum qilinishicha, Komiljon To‘xtayev va Valeriya Kovaleva XOQning “Olimpiya birdamligi” stipendiyasiga munosib ko‘rilgan.

“Olimpiya birdamligi butun dunyo sportchilariga to‘rt yillikning nufuzli o‘yinlarida qatnashish imkoniyatini beradi. Ehtiyojga muhtoj sportchilarga oylik tayyorgarlik granti hamda Olimpiya o‘yinlari saralash musobaqalarida qatnashish uchun sayohat subsidiyalari to‘lanadi. Bundan tashqari, an’anaga ko‘ra yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgani uchun davlat tomonidan sportchiga 100 million so‘m, murabbiyga esa 50 million so‘m mukofot puli ajratiladi. Afsuski, bu amaliyot faqat yozgi Olimpiya o‘yinlariga tegishli. Qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmanlarni qo‘lga kiritganlik uchun ham rag‘batlantiruvchi mukofotlar to‘lansa, adolatdan bo‘lardi”, deyiladi federatsiya xabarida.

Ma’lumot uchun, qishki Olimpiya o‘yinlari Xitoy poytaxti Pekin shahrida 2022 yilning 8-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi


Maqola muallifi

Teglar

Komiljon To'xtaev Pekin Olimpiadasi O'zbekiston chang'i federatsiyasi XXIV qishki Olimpiya o'yinlari

Baholaganlar

12

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar