O‘zbekistonlik bokschilarning Osiyo chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Iordaniya poytaxti Ammon shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. Bu yilgi chempionatda qit’aning 27 mamlakatidan 250 dan ortiq charm qo‘lqop ustalari ishtirok etadi.

Musobaqada umumiy 23 nafar bokschi bilan qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining ilk bosqichdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi. 

Qur’a natijalari:

-48 kg

Asilbek Jalilov (O‘zbekiston) – Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston);

-51 kg

Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. 

-54 kg

Shahzod Muzaffarov (O‘zbekiston) – Zakir Husayn (Pokiston);

-57 kg

Abdumalik Xalakov (O‘zbekiston) – Suket Saravut (Tailand);

-60 kg

Adhamjon Muhiddinov (O‘zbekiston) – Paul Julifer Baskon (Filippin);

-63,5 kg

Ruslan Abdullayev (O‘zbekiston) – Kitamoto Shunsuke (Yaponiya);

-67 kg

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. 

-71 kg

Xavasbek Asadullayev (O‘zbekiston) – Otgonbatar Byamba (Mo‘g‘uliston);

-75 kg

Saidjamshid Jafarov (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. 

-80 kg

Odiljon Aslonov (O‘zbekiston) – Jinxun Park (Janubiy Koreya);

-86 kg

Shohjahon Abdullayev (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. 

-92 kg

Madiyar Saidrahimov (O‘zbekiston) ikkinchi bosqichdan boshlaydi.

+92 kg

Lazizbek Mullojonov (O‘zbekiston) – Ali Alqrib (Quvayt).

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati g‘olib va sorindorlari IBF reytingi uchun ham muhim ochkolarga ega bo‘lishadi. Turnirda 1-o‘rin sohibi 1200 ochko, kumush va bronza medalga ega chiqqan bokschilar 900 va 700 reyting ochkosini qo‘lga kiritishadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing