O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyada 100 foizlik natija ko‘rsatishdi
Sport
−
06 avgust 2022
11196Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun, 6 avgust kuni mazkur musobaqaning boks bahslari yakuniga yetdi. Yigitlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston nomidan 13 nafar bokschi ishtirok etdi. Qiziqarli tomoni shundaki, ularning barchasi shohsupaga ko‘tarilib, 100 foizlik natija ko‘rsatdi. Bokschilar 6 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronzani terma jamoa hisobiga yozdirib qo‘yishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi qizlar o‘rtasidagi bahslarda 5 nafar bokschi bilan qatnashib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Ushbu natija orqali O‘zbekistonlik bokschilar “Osiyo bolalari” musobaqasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, 12 ta mamlakatdan 21 ta jamoa ishtirok etayotgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 83 ta medal bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Sibir federal” jamoasi 1-o‘rinda bo‘lsa, “Moskva” jamoasi kuchli uchlikda.
Ibrohim Davronov
LiveBarchasi