O‘zbekistonlik bokschilar Kuvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Joriy yilning 20 iyulidan 26 iyuligacha Kuvayt poytaxtida o‘tkazilgan boks bo‘yicha “Birinchi xalqaro musobaqa” o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bokschilarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

O‘zbekiston terma jamoasi safida Abdumajid Mannopov, Abdumalik Xalakov, Javlonbek Yo‘ldoshev, Dilshodbek Ro‘zmetov va Diyor O‘ralov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Lazizbek Fattoyev bronza bilan ortga qaytadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing