O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar ilk bor Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi
Sport
−
10 iyul 2023 3822 1 daqiqa
O‘zbekistonlik badiiy gimanastikachilar Anastasiya Saranseva va Mishel Nesterova Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xiziati xabar berdi.
Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchligida Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Qayd etish joiz, bu badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon chempionatlari tarixida o‘zbekistonlik sportchilarning birinchi bor sovrindorlar qatoridan joy olishi bo‘ldi.
Halqa:
1. Tal Franko (Isroil);
2. Amaliya Lika (Ruminiya);
3. Anastasiya Saranseva (O‘zbekiston).
Tasma:
1. Liliana Levinska (Polsha);
2. Nikol Todorova (Bolgariya);
3. Mishel Nesterova (O‘zbekiston).
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust