TIV o‘zbekistonlik ayol bolasini Moskvadagi metroga tashlab ketganini tasdiqladi
Jamiyat
−
21 fevral 2020
3185Avvalroq, O‘zbekistonlik ayol Moskva metrosida chaqalog‘ini tashlab ketgani va buning uchun hibslangani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur holatni tasdiqladi.
"O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarosi M.K. qo‘lga olingani to‘g‘risida va OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi", deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.
“U farzandini Moskva shahri metrosi bekatlaridan biri yaqinida qoldirib ketgan edi. Hozirgi paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Elchixona mazkur vaziyatni 2020 yil 14 fevraldan buyon nazoratiga olgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan. Bola shahar kasalxonasida shifokorlar va mutaxassislar nazoratida, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti”, deyilgan xabarda.
Joriy yilning 12 fevral kuni Moskva g‘arbida yer osti yo‘lida farzandini qoldirib ketgan 29 yoshli ayol tarjimon yordamida so‘roq qilingan. U og‘ir moddiy ahvoli tufayli chaqaloqdan qutilmoqchi bo‘lganini aytib, aybini to‘liq tan olgan. Tergovchi suddan ayolni hibsga olishni so‘rayapti.
Ayol Rossiyaga O‘zbekistondan kelgan. U kecha, 13 fevralda Moskva viloyatida qo‘lga olingan.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 12 fevral kuni Moskvaning Dorogomilov tumanida metro xodimlari qordan 2-3 oylik o‘g‘il bola chaqaloqni topib olishgan. Zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirib, politsiyaga murojaat qilishgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
LiveBarchasi