Video: O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Vatanga qaytdi
Jamiyat
−
18 avgust 2019
5818Bugun, 18 avgust kuni Saudiya Arabistoniga haj ziyoratiga jo‘nab ketgan o‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruh Vatanga yetib keldi. Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. O‘zbekistonlik xojilarning barchasi sog‘-salomat.
Ular Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, haj amallarini mukammal ado etdi. Ibodatlar chog‘ida hojilar bugungi saodatli kunlar uchun shukronalar aytdi. O‘zbekistonlik hojilarning Vatanga qaytishi shu yilning 18 avgustidan 1 sentyabrgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyul kuni erta tongdan Haj ibodatini ado etish uchun otlangan o‘zbekistonliklarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgandi.
LiveBarchasi