O‘zbekistonlik harbiylar AQSHdagi musobaqada g‘olib bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 19-24 aprel kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtatidagi “Camp Shelby” harbiy o‘quv bazasida  o‘tkazilgan “Ilg‘or jangchi” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, marosimda Misissipi shtatidagi Qurolli Kuchlar tuzilmalari vakillari, faxriylar va musobaqa ishtirokchilari qatnashgan. Unda so‘z olganlar joriy yilgi musobaqalarning avvalgilariga nisbatan yanada qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tganini ta’kidlab, mehmon sifatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiylarning bilimi, mahorati, jasurligi va shijoatini e’tirof etgan.

“Biz uchun an’anaga aylangan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik hamkasblarimiz ikkkinchi marotaba ishtirok etishmoqda. Tan olib aytamanki, bu safar ham ular nafaqat jismoniy, balki jangovar va aqliy tayyorgarlik, qurol-aslahani bilishda ham yaqqol ustunlikka ega bo‘ldi. Bu esa bizning serjantlarimizni o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undaydi”, deydi Missisipi shatati Milliy gvardiyasi serjantlar qo‘mondoni serjant-mayor Kristofor Yong.

Shundan so‘ng, tashkilotchilar tomonidan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar III darajali serjant Dilmurod Sulaymonov hamda kichik serjant Xayrulla Olimovga musobaqa g‘oliblari uchun beriladigan “Ilg‘or jangchi” mukofoti va ko‘krak nishonlari topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 2019 yilda ham I o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. G‘oliblar 27 aprel kuni O‘zbekistonga yetib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing