O‘zbekistonga yarim milliondan ortiq vaksina olib kelindi

Salomatlik

image

Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekistonga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish kerak, bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk partiya.

Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan: 

•  2 404 480 dozasi – AstraZeneca;

•  37 789 938 dozasi – ZF-UZ-VAC2001;

•  1 341 790 dozasi – "Sputnik V"; 

•  3 500 460 dozasi – Moderna;

•  2 316 600 dozasi – Pfizer/BioNTech;

•  1 976 000 dozasi – Sinovac;

•  207 500 dozasi – Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan qariyb 40 million dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 7 yanvarida koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan ilk bemor aniqlangan. Shuningdek, mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik holatlar soni yana ortgan. Xususan, kecha, 9 yanvar kuni 389 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami kasallanganlar soni 200730 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing