O‘zbekistonga yana ikkita “Talgo” tezyurar poyezdlari olib kelinadi
Jamiyat
−
14 may 2019
4778O‘zbekiston “Talgo – 250” tezyurar poyezdidan yana ikkita xarid qiladi. Shuningdek, qo‘shimcha to‘rtta vagon ham sotib olinadi.
O‘zbekiston hukumati “O‘zbekistonda, temir yo‘llarda yo‘lovchi tashishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash doirasida ikkita Talgo - 250 tezyurar poyezdi va yana qo‘shimcha to‘rtta vagon sotib olish haqidagi qaror”ni qabul qildi. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi bilan muzokara olib bordi va mamlakatimizga yana ikkita “Talgo – 250” tezyurar poyezdi va qo‘shimcha to‘rtta vagon yetkazib berish haqida kelishuvga erishildi.
Kelishuvning umumiy miqdori 57.5 million yevroga baholandi. Kelishuvga ko‘ra ispan kompaniyasi ikkita tezyurar poyezd va to‘rtta vagondan tashqari, avval olib kelingan shu turdagi poyezdlarga servis xizmati ko‘rsatadi va ehtiyot qismlar yetkazib beradi.
Kelishuvga ko‘ra, poyezdlar 2019-2021 yillarda yetkazib beriladi.
LiveBarchasi