O‘zbekistonga yana 1 million doza vaksina olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyul kuni Xitoydan O‘zbekiston olimlari bilan hammualliflikda tayyorlangan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan 1 million doza olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:

•  27 martda — 1 million doza;
•  27 aprelda — 1 million doza;
•  18 mayda —  1 million doza;
•  19 mayda —  500 ming doza;
•  10 iyunda — 1 million doza;
•  29 iyunda — 1 million doza;
•  30 iyunda — 1 million doza;
•  20 iyulda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, mamlakatdagi jami vaksina zaxirasi 9 million 580 ming dozani tashkil qilmoqda. 

Ulardan: 

•  370 ming dozasi "Sputnik V";
•  710 ming dozasi AstraZeneca;
•  8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 19 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 5 million 803 255 doza vaksinadan foydalanildi, 1 million 23 425 nafar fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing