O‘zbekistonga o‘zbek-xitoy vaksinasining 7-partiyasi keltirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga bugun, 30 iyun kuni ham yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan yettinchi partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda kecha, 29 iyun kuni ham keltirilgan edi. 

Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:

  • 27 martda — 1 million doza,
  • 27 aprelda — 1 million doza,
  • 18 mayda —  1 million doza, 
  • 19 mayda —  500 ming doza,
  • 10 iyunda — 1 million doza,
  • 28 (29 — tahr.) iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,5 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing