O‘zbekistonga uch oyda 91 ta elektromobil olib kelindi
Texnologiya
−
22 aprel 2021 7052 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan 91 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 78 taga ko‘p. Buni Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari tasdiqlamoqda.
Shuningdek, joriy yilning mart oyida 6 ta elektromobil import qilingan.
2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillar import qilgan:
- Xitoy – 56 ta;
- Turkiya – 24 ta;
- Germaniya – 3 ta;
- Koreya – 3 ta;
- AQSH – 3 ta;
- Litva – 1 ta;
- Ispaniya – 1 ta.
So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
- 2018 yilda – 13 ta;
- 2019 yilda – 39 ta;
- 2020 yilda – 131 ta.
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning yanvar-mart oylarida import qilingan elektromobillar uchun 1,8 million AQSH dollari sarflangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr